20 iyu 07:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/223632_220.jpg)
Dana Uayt: "Ular Xabib va Fergyusonga o'xshaydi"
UFC prezidenti Dana Uayt Donald Serrone va Jo Lozon o'rtasidagi jang bekor qilinganiga munosabat bildirdi.
Ushbu qarama-qarshilik 19 iyun tongida Texas shahridagi UFC on ESPN 37 turnirida o'tkazilishi kerak edi. Ammo, Lozonning chap oyog'idagi muammolari sabab, jang bekor qilindi.
"Ularning vaziyati Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi holatga o'xshaydi. Lekin birgina farqi - bu jangni uyushtirishga boshqa harakat qilmayman", — deya Uaytning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Eslatib o'tamiz, aslida Serrone va Lozon o'rtasidagi jang may oyidagi UFC 274 turnirida o'tkazilishi lozim bo'lgandi. Biroq, Serronening sog'lig'idagi muammolar tufayli jang bekor qilingandi.
UFC on ESPN 37 turnirining asosiy jangida amerikalik Josh Emmett hamyurti Kalvin Kattarni ochkolar hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar