17 okt 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt yana bir bor Makgregorning Oq uydagi UFC turnirida ishtirok etishiga to'xtaldi
UFC prezidenti Dana Uayt irlandiyalik Konor Makgregorning 2026 yilda Oq uyda o'tkaziladigan turnirda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Oktyabr oyi boshida Makgregor antidoping qoidasini buzgani uchun 18 oyga diskvalifikaciya qilingani malum bo'lgandi. Uaytdan bu holat irlandiyalik atletning musobaqada qatnashishiga to'sqinlik qiladimi, deb so'rashdi.
"Biz turnir kardini fevral oyigacha ko'rib chiqmaymiz. Konor bo'ladimi yoki yo'q, yaxshisi, Jeff Novicki (UFC sportchilar salomatligi va xavfsizligi bo'yicha vice-prezidenti) bilan gaplashsangiz bo'ladi", dedi Uayt matbuot anjumanida.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uydagi UFC turniri 2026 yil 14 iyunga rejalashtirilganini aytgandi. Konorning diskvalifikaciya muddati esa kelasi yilning mart oyida o'z nihoyasiga etadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar