14 noy 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Zabitning kelajagi borasidagi savolga javob bera olmadi
UFC prezidenti Dana Uayt Zabit Magomedsharipovning qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob bera olmadi.
"Zabitning qaytishi haqida malumot bormi? Men bilmayman. Bu bilan bog'liq nimalar bo'layotganini bilmayman", - dedi Dana Uayt.
Avvalroq, Magomedsharipov UFC reytingidan chiqarib tashlangan edi. Bu katta ehtimol bilan uning uzoq vaqtdan buyon jang o'tkazmagani bilan bog'liq.
U so'nggi marotaba 2019 yilning noyabr oyida jang o'tkazgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar