01 jan 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Daniel Korme 2022 yilda qaysi jangni kutayotganini aytdi
UFCning ikki vazndagi sobiq chempioni Daniel Korme 2022 yilda kutayotgan jangi haqida gapirdi.
"To'g'risini aytaman, men uchun Frensis Ngannu - Siril Gan jangi yilning eng intrigaga boy to'qnashuvi bo'ladi.
Bu og'ir vazndagi katta sovrinli jang. Yigitlar UFC 270 turnirida, Anaxaymda kamar uchun jang qilishadi.
To'g'ri, Anaxaymni yomon ko'raman. U erda ikkita UFC kamarini yutqazib qo'yganman. Ammo endi u erda janglarni sharhlayman. Bahtimga, ushbu ahmoqona arenada zarbalar o'tkazib yuborishimga to'g'ri kelmaydi", - dedi Korme.
Eslatib o'tamiz, Ngannu - Gan jangi 22 yanvar kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : SportsKeeda
Fikrlar