10 may 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Korme: "Aleks Pereyra yolg'onchi"
Sobiq UFC chempioni Daniel Korme yarimog'ir vazn toifasida sobiq kamar egasi Aleks Pereyraning Twitter'dagi sahifasi buzilgani haqida gapirdi.
"Pereyra yolg'onchi. Uning sahifasi buzilmagandi. U tvitni o'zi yozgan bo'lishi mumkin, keyin kimdir unga qo'ng'iroq qilib, "tinchlan" degan. Men xakerlik voqeasiga ishonmayman, uka... Bu aniq edi. Men buni omma oldida aytaman. Sportni yaxshi bilaman. Bularning barchasini birlashtirib, ESPN'da aytishga ishonchim komil", deya vaziyatga munosabat bildirdi Korme.
Avvalroq, Aleksning sahifasida u faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabar paydo bo'lgandi. Keyinroq Pereyra buni o'zi yozmagani, uning sahifasi xakerlik hujumiga uchraganini davo qildi.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar