14 jan 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Korme Jon Jons nima sababdan og'ir vaznda chempion bo'la olmasligini aytdi
UFCda ikki vazn toifasining sobiq chempioni Daniel Kormening fikricha, Jon Jons og'ir vazn toifasida liga chempioni bo'la olmaydi.
"Ishonamanki, Jon Jons og'ir vaznda jang qiladi va u kamar uchun kurashadi, ammo u Siril Gan yoki Frensis Ngannuga yutqazadi. Menimcha, vaqt o'tishi, vazndagi farq va bu yigitlarning o'zlari kim ekanliklari - muammo shu. Jonsning ahvoli yomonlashgani yo'q, shunchaki bu yigitlar og'ir vaznning yana bir darajasi", - deya Kormening so'zlarini keltiradi Sportskeeda.
Eslatib o'tamiz, Jons og'ir vazn toifasiga o'tishini elon qilgan, ammo shundan beri u birorta ham jang o'tkazmagan. Jons deyarli ikki yildan buyon jang qilmayapti. Amerikalik sportchi og'ir vaznda UFC chempioni Frensis Ngannu bilan jang o'tkazishi taxmin qilingandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar