12 iyu 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Korme Jon Jonsni tanqid qildi
UFC sobiq chempioni Daniel Korme og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jonsni tanqid qildi.
Uning fikricha, Jons haligacha vaqtinchalik chempion Tom Aspinallga qarshi jangni qabul qilmagani noto'g'ri.
"Sizlar men, Frensis, CHeyl haqida gapirasizlar, lekin muhim narsalarni deyarli inkor qilyapsizlar... Agar men haligacha jang qilayotgan va og'ir vazn toifasi chempioni bo'lganimda, Tom Aspinall birinchi raqamli davogar bo'lganida, men u bilan jang qilgan bo'lardim. 1000 foiz", — deb yozdi Korme ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar