So’nggi yangiliklar

19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0

08 mar 19:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Daniel Korme Jon Jonsning chempionlik kamarini qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi

Ikki karra sobiq UFC chempioni Daniel Korme uch yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan Jon Jonsning jangi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

"Jon Jons og'ir vazn toifasida UFC chempioni bo'ldi va buni ko'pchilik undan kutmagan edi. Jon Jons bu jang u uchun qanchalik oson bo'lishini aytgan edi, ammo hech kim bunga ishonmadi

U biroz sekin harakat qildi, uning harakatlari u qadar tez emas edi. Lekin, u qancha vazn yiqqanini hisobga olsak, bu tabiiy. Siril Gan asabiy edi va qatiyatsiz harakat qildi. Jon Jons u bilan jangda qilish mumkin bo'lmagan barcha ishlarni qildi.

Jon Jons Frensis Ngannuga mag'lub bo'lgan Siril Ganni bo'ysundirish orqali chempionga aylandi. Unga uch yillik tanaffusdan so'ng og'ir vazn toifasida UFC chempioni bo'lish uchun ikki daqiqa vaqt kerak bo'ldi" - dedi Korme.

SHuningdek, Korme chempionlik kamariga rasman navbatdagi davogar deb topilgan Stipe Miochich Jon Jons uchun haqiqiy sinovga aylanishini aytdi.

"Albatta Miochich uning uchun katta sinov bo'ladi. Stipe nafaqat teykdaunga qarshi qanday kurashishni biladi va balki chempionlik tajribasiga ham ega", - deya qo'shimcha qildi Korme.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing