15 apr 21:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniel Korme Sterlingni himoya qildi
Sobiq UFC chempioni Daniel Korme amaldagi chempion Aljameyn Sterlingni qo'llab-quvvatladi.
Sterling Pyotr Yanga qarshi jangdan so'ng ko'plab tanqidlarga uchrayotgandi.
"Sterlingni avvaliga hamma yuz o'girdi. Uni kamar bilan tushgan surati uchun hamma tanqid qildi. Boshida Sterling o'zini himoya qilishga urindi, keyin esa qarshilik qilishni to'xtatdi. Hozir Aljameyn muntazam ravishda kamar bilan suratga tushib, barchaning burnini erga ishqab qo'ydi. Sababi, kamar Sterlingning qo'lida.
Sterling operaciya qilinadi va qachon qaytishini o'zi hal qiladi. Qolganlarga yoqadimi yo'qmi, kamar Sterlingning belida", - dedi Daniel Korme.
Eslatib o'tamiz, mart oyida Aljameyn Sterling Pyotr Yan diskvalifikaciya qilingandan so'ng chempionga aylangandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar