27 noy 17:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Daniyar Eleusinov ertaga sobiq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
Ertaga Rio Olimpiadasi chempioni Daniyar Eleusinov Floridada professional ringdagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Qozog'istonlik bokschi Daniyar Eleusinov (9-0, 5 KO) va sobiq jahon chempioni, Namibiya vakili Julius Indongo (23-2, 12 KO) mazkur jang oldidan vazn o'lchash marosimida qatnashishdi.
Eleusinov tarozida 66,5 kg tosh bosgan bo'lsa, uning raqibi Indingo 66,3 kg vaznga ega ekanligi malum bo'ldi.
Jang hozirda vakant bo'lib turgan IBF Inter-Continental kamari uchun o'tkaziladi. Qarama-qarshilik bizning vaqt bilan 28 noyabr tongida kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar