29 iyu 19:20
Yangiliklar

Daniyar Eleusinov o'zbek bokschilariga qarshi qiyin janglarni esladi
"Ko'plab og'ir janglar bo'lgan. Kattalar o'rtasida, ehtimol Besputin bilan, Sissoko bilan, Stanionis bilan. Ulardan ham buni so'rab ko'rishingiz mumkin. O'ktamjon Rahmonov ham bor edi. Sanjarbek Rahmonov bilan Osiyo o'yinlaridagi to'qnashuv ham. Bu janglar ajoyib bo'lgan. Yoqub Nuriev bilan WSB dagi jangni ham bularni safiga kirtish mumkin. Besputin bilan ham yoshlar, ham kattalar o'rtasidagi bahslarda ringga chiqqanmiz, u bilan hisobimiz - 1:1".
U shuningdek, eng ajoyib g'alabasi qaysi ekanligini aytdi va o'sha vaqtdagi his-tuyg'ularini esladi:
"Albatta, Olimpiada finali. Olma-otada bo'lib o'tgan jahon chempionatida kubalik bokschi bilan jangni ham aytishim mumkin, yaxshi jang bo'lgan edi. Rostini aytsam, Olimpiadada g'olib bo'lish tuyg'usini so'z bilan ifodalashning iloji yo'q. Bular xalqim, oilam menga bildirgan ishonchlarini oqlashdek yoqimli tuyg'ularni bergan”, - dedi Eleusinov.
Fikrlar