28 may 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Dariush Maxachev - Oliveyra ehtimoliy jangi favoritini aytdi
Amerikalik UFC jangchisi Beneil Dariush Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra ishtirokidagi ehtimoliy jang bo'yicha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kim g'olib bo'lishini aytish qiyin, sababi Islamning "stoyka"da bosim qilganini ko'rmaganmiz. CHarlz esa buni amalga oshira oladi, u bajonidil olg'a tashlanadi. Oliveyra xujum qilishni yoqtiradi, bunday jangni kuzatish haqiqatan ham qiziqarli bo'lar edi.
SHu o'rinda savol tug'iladi: Maxachev bunga dosh berarmikan, bunday bosimni enga olarmikan? Agar CHarlz agressiv bo'lsa, Islamning masofani qisqartirishi qiyinlashadi. Bu esa vaziyatni murakkablashtiradi.
Agar jang shu tarzda o'tsa, qiziqarli tomosha bo'lardi. Aytishim mumkinki, Islamning g'alabasini kutyapman", - dedi Dariush Helen Yee Sports YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar