14 okt 07:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore: Agar Xabib Getjini oktagon chetiga taqay olsa, g'alabaga erishadi
UFC jangchisi Dastin Pore Xabib Nurmagomedov va Jastin Getji o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Barchasi kim o'z rejalarini amalga oshirishiga bog'liq. Agar Xabib Getjini oktagon chetiga taqay olsa unda u g'alaba qozonadi. Agarda jang markazda kechsa unda Getji g'alaba qozonadi deb o'ylayman.
Menga bu jang juda qiziq. Sababi bu mening divizionim. Yaqindagina men ham huddi shu yo'lni bosib o'tkandim. O'ylashimcha jang sotuvlari yaxshi bo'ladi.
Biz Getjini kurash bazasi haqida gapirdik. Lekin bir narsani esdan chiqardik. Sport kurashida setka va devorlar yo'q. Aynan ular sabab Xabib raqiblarini ilojsiz ahvolga soladi. U oyoq va qo'llarini ishlatadi.
Men hech kim bilan mashg'ulotlarda buni sinab ko'rmaganman. Ko'ramiz, Getji qanday tayyorlangan ekan",-dedi Dastin Pore.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar