31 okt 11:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore Getjini tanqid qildi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi Dastin Pore Jastin Getjini vaqtinchalik kamarni mensimagani uchun keskin tanqid qildi.
"Inson o'zida bor narsaning qadriga etishi lozim. O'zingda bor narsangni qadriga etsang, o'shanda insonda yanada o'sish bo'ladi. Bor narsaning qadriga etmaslik — ahmoqlik! Seni elkangda faxrli kamar bor edi, sen esa uni mensimading. Natijani esa o'zing ko'rding", - dedi Pore.
Eslatib o'tamiz, Getji Xabibga qarshi jangdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida vaqtinchalik kamar bilan faxrlanish kerak emasligini takidlagan va kamarni elkasiga olishdan bosh tortgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar