30 sen 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Dastin Pore jangga tayyorligini va raqib kimligini aytdi
MMAda rasman faoliyatini yakunlagan Dastin Pore professional boksda kuchini sinab ko'rish niyati borligini aytdi.
U Neyt Diazga qarshi ringga ko'tarilishga tayyor.
"Zuffa Boxing. 12 raund. Men va Natan — men buni amalga oshirgan bo'lar edim. Men o'tkazishim mumkin bo'lgan yagona jang – shu bo'lardi. Men nafaqadaman, lekin Neyt — o'z vaqtida mendan qochib ketgan raqibim", — deb yozdi "Brilliant" o'z ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, amerikalik jangchilar 2018 yilda Nyu-Yorkdagi UFC 230 turnirida to'qnashishi kerak edi, ammo jang bekor qilingan va taraflar aybni bir-biriga yuklagan edi.
Dastin Pore oxirgi marta shu yil iyulda oktagonga ko'tarilib, BMF kamari uchun bo'lgan jangda Maks Xolloueyga yutqazgan va shundan so'ng professional faoliyatini yakunlaganini elon qilgan.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar