05 jan 09:03
Yangiliklar
![](/upload/storage/198884_220.jpg)
Dastin Pore qisqa muddatli "vyzov"ni qabul qildi, u shu oy oktagonga chiqadi
Amerikalik "Brilliant"ning raqibi Neyt Dias bo'ladi.
"Ikki kun avval menga qo'ng'iroq qilishdi. Juda qisqa muddatda taklifga rozilik berdim. Aslida bunday qilmasligim kerak edi. Hozircha shartnomaga rasman imzo chekmadim. Raqib Neyt Dias bo'ladi. Men "ha" deb javob berdim. Endi Diasning jamoasidan javob kutyapman. Jang sanasini ham hozir aniq ayta olmayman. Ammo, jang yaqin 6 hafta ichida o'tkaziladi. Biz yarimo'rta vaznda jang qilamiz. Men ertagayoq 170 funt vazn qila olaman. Bu vaznda 2007 yilda jang o'tkazib ulgurganman. O'shanda raqibimni birinchi raundda nokaut evaziga mag'lub etgan edim", - dedi Pore.
Eslatib o'tamiz, o'tgan oy Dastin Pore chempion CHarlz Oliveyraga yutqazib qo'ygandi. Neyt Dias esa iyun oyida yarimo'rta vazn reytingining uchinchi raqamli jangchisi Leon Edvardsga imkoniyatni boy bergandi.
Katta ehtimol bilan Pore - Dias jangi 22 yanvar kuni Anaxaymda o'tkaziladigan UFC 270 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Ikkinchi sana sifatida 12 fevral kungi Xyustondagi UFC 271 turniri ko'rsatilgan.
Fikrlar