19 iyu 10:44
Yangiliklar
Tennis
Davis Cup. Kutganmidingiz? O'zbekiston Iordaniya, Filippin va Vetnamga yutqazdi
O'zbekiston erkaklar tennis terma jamoasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri mezbonlik qilayotgan Davis Cup III Osiyo/Okeaniya guruhi musobaqasida ketma-ket uchta uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Guruh bosqichining ilk uchrashuvida terma jamoamiz Singapur ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. Keyin esa Sergey Lebed va Dmitriy Tomasheevich murabbiyligidagi tennischilarimiz Filippinga 1:2, Iordaniyaga 0:3 hisobida yutqazib, A guruhida so'nggi o'rinni band etishdi.
Kecha B guruhida uchinchi o'rinni egallagan Vetnam terma jamoasiga qarshi kechgan o'tish bahsida ham tennischilarimiz imkoniyatni boy berishdi — 0:2. Bunday alamli mag'lubiyatlar erkaklar terma jamoamizda anchadan beri kuzatilmagan edi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar