So’nggi yangiliklar

17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0

30 dek 16:16
Yangiliklar

Dzyudo

Davlat Bobonov - 2020 yilning eng yaxshi sportchisi!

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra dzyudo bo'yicha terma jamoamiz etakchi azosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo chempioni Davlat Bobonov 2020 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Hozirgina poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda o'tgan tantanali marosimda Davlat Bobonovga ushbu mukofot O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev tomonidan topshirildi. Tadbirda vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, bosh kotib Oybek Kasimov ishtirok etdi.  

Davlat Bobonov 1997 yil 7 iyun kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida dunyoga kelgan. Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan sport internati, Samarqand davlat universitetida taxsil olgan. Murabbiyi - Nurali Qobilov. Terma jamoa bosh murabbiyi, afsonaviy Ilias Iliadis murabbiyligida Olimpiadaga muhim reyting ochkolarini beruvchi musobaqalarga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

Yosh bo'lishiga qaramay, hozirgacha aytishga arzigulik yutuqlarga erishishga muvaffaq bo'lgan. 2016 yil yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi. SHu yili Toshkent Gran-prisida ham zafar quchgan. SHu yil Germaniyada o'tkazilgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Dyusseldorf turniri g'olibiga aylandi. Uning g'alabasi -100 kg vazndagi yana bir dzyudochimiz Muhammadkarim Xurramovni ham ruhlantirdi. U ham musobaqa chempioniga aylandi. "Katta Dubulg'a" turniridagi 2 ta oltin medal O'zbekiston dzyudosining so'nggi o'n yillikdagi eng yaxshi natijasi bo'ldi.    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing