09 sen 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Debyutini g'alaba bilan boshlagan Parnass Xolloueyni jangga chorladi
KSW Ligasining ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, hozirda UFC jangchisi Saladin Parnass dunyoning eng kuchli Ligasidagi debyutini Parijda bo'lib o'tgan UFC 287 turnirida Den Xuker ustidan g'alaba bilan boshladi.
Francuz sportchisi yaqin vaqt ichida yana jang o'tkazishga tayyorligini bildirdi.
«Yuzimga qarang. Hech qanday jarohat yo'q. Ertagayoq jang qilishga tayyorman. Maks Xollouey bilan jang ideal variant bo'lardi. U qiyin chaqiriqlarni yaxshi ko'radi va menimcha, ikkimiz o'rtamizda juda yaxshi jang bo'lishi mumkin. Maksni juda hurmat qilaman va tresh-tokni yoqtirmayman — bu menga xos emas. Top-5dagi istalgan jangchiga qarshi jang qilishga tayyorman», — deydi Parnass.
Saladin aralash yakkakurash bo'yicha professional faoliyatini 2015 yilda boshlagan. Uning rekordida 24 ta g'alaba bor, shulardan to'qqiztasi nokaut bilan qo'lga kiritilgan. SHuningdek, Parnass hisobida ikkita mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar