26 may 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/220109_220.jpg)
Demetrius Andrade Alimxanuliga qarshi jang qiladi
O'rta vaznda WBO chempioni Demetrius Andrade vaqtinchalik chempion Janibek Alimxanuliga qarshi o'z kamarini himoya qilishi kerak bo'ladi.
WBO qoidalariga ko'ra, jang yarim yil muddat ichida o'tkazilishi kerak. Vaqtinchalik titul uchun jang o'tkazilgan sanadan boshlab, 60 kun muddat ichida, aniqrog'i 20 iyul sanasidan boshlab ikki tomon muzokaralar o'tkazishi kerakligi qayd etilgan. Muzokaralar uchun 30 kun muddat berilgan.
Bundan tashqari, Andreyd tibbiy sabablarga ko'ra jangga ruxsat ololmasa, jismonan tayyor bo'lmasa yoki belgilangan vaqtda jang qilishga qodir bo'lmasa, bunga xohishi bo'lmasa chempionlik kamaridan mahrum etiladi va Alimxanuli WBO chempioniga aylanadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar