21 okt 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Demetrius o'rta vaznda WBO chempioni bo'ldi
Amerikalik 30 yoshli Demetrius Andreyd o'rta vazn toifasida vakant bo'lib qolgan WBO chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
U reytingda ikkinchi o'rinni egallab turgan Uolter Kautondokvani katta ustunlik bilan mag'lub etdi. Hakamlar 12 raundlik jang yakunida 119-105, 120-104, 120-104 hisobida Andreydning g'alabasini taminlashdi.
Etiborlisi, namibiyalik Kautondokva bugungi mag'lubiyatiga qadar ketma-ket 16ta jangda g'alaba qozongan edi. Uolter jang davomida to'rt marotaba nokdaun holatiga ham tushib qoldi.
Eslatib o'tamiz, Andreyd aslida ushbu chemionlik kamarini 2015 yildan beri o'zida saqlab kelayotgan britaniyalik Billi Jo Sonders bilan to'qnash kelishi kerak edi. Lekin Sondersda doping aniqlangach, WBO chempionlik kamari vakant, yani egasiz deya elon qilingandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar