15 sen 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Dena Uayt chempion va sobiq chempion o'rtasidagi jangni tashkil etadi
UFC prezidenti Dena Uayt navbatdagi qiziqarli jang ustida ishlayotganini malum qildi.
Dena eng engil vazn toifasida UFC chempioni Veyli Jang hamda ushbu vaznning sobiq chempioni Rouz Namayunas o'rtasidagi jangni tashkil etmoqchi. Ushbu jangning qachon va qaerda bo'lishi borasida malumot berilmagan.
“Biz xohlayotgan janglardan biri aynan shu to'qnashuv bo'ladi. Veyli uchun bu ikkinchi kamar himoya jangi bo'ladi. Namayunas esa Andradeni mag'lub etib, revansh olishga erishdi”, - dedi Uayt.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar