16 okt 09:41
Yangiliklar

Deontey Uaylder ishtirokidagi jang birinchi raunddayoq yakunlandi FOTO + VIDEO
Premier Boxing Champions oqshomining markaziy jangi superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik pancher Deontey Uaylder (43-2-1, 42 KO) hamda finlyandiyalik 38 yoshli Robert Xelenius (31-4, 20 KO) o'rtasida o'tkazildi.
Raqibidan 17 kilogramm (Uaylder 97,3 kg, Xelenius 114,2 kg) engilroq bo'lgan Deontey birinchi raundning o'zida Robertni chuqur nokautga uchratib, kamarlar jangiga qaytganini amalda isbotladi. Ushbu g'alaba evaziga u WBC chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga ham aylandi.
Eslatib o'tamiz, Uaylder oxirgi marta 2021 yilning oktyabr oyida Tayson Fyuriga qarshi ringga ko'tarilgan va 11-raundda nokaut bilan yutqazgandi. Xelenius esa so'nggi bor 2021 yil oktyabr oyida Adam Kovnackini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar