30 avg 12:45
Yangiliklar

Derek CHisora: "U qaytib keladi va kurashni davom ettiradi"
"Joshua yutqazdi. Lekin, u qaytib keladi va kurashni davom ettiradi. U yutqazdi va qaytib keladi", — dedi Derek CHisora.
CHisora, Joshuaning jangdan keyingi xatti-harakatlari haqida ham gapirdi.
"Biz boks bilan shug'ullanamiz. Jangdan keyin Joshuaning o'zini tutishida hech qanday yomon narsa yo'q... Odamlar boksda jentelmen bo'lish kerakligini aytishadi. Lekin, shu bilan birga oilangiz borligini ham unutmasligingiz kerak. Ularga g'amxo'rlik qilish kerak.
Menga birdaniga uchta narsani birlashtirish mumkin bo'lgan sport turini ayta olasizmi? Bu faqat boksda bor. Avval raqibni tanlaysiz va jangni elon qilasiz. SHundan so'ng jang qilasiz va gong chalinganidan keyin raqibingiz bilan do'st bo'lishingiz kerak. Jentelmen bo'ling, qotil bo'ling va bir vaqtning o'zida oilangiz haqida qayg'uring", — deya qo'shimcha qildi CHisora iFL TVʼning Youtube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar