20 dek 13:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Derrik Lyuis chempionlik jangida qatnashishga rozi. Buning uchun UFC o'z qoidalarini o'zgartirishi lozim
UFC Fight Night 199 turnirining markaziy jangida Derrik Lyuis Kris Dakasga qarshi oktagonga ko'tarilib, raqibini nokautga uchratgan edi.
Derrik o'z g'alabasidan so'ng chempionlik uchun jang qilishi borasidagi savolga javob berdi. U titul jangiga rozi, faqat bitta shart bilan.
"Ha, men chempionlik kamari uchun bajonidil jang qilgan bo'lardim. Faqat buning uchun UFC o'z qoidalariga biroz o'zgartirish kiritsa va chempionlik jangini uch raund qilib tashkil etsa bo'lgani. Agar bunday qila olmasangiz, telefonimga qo'ng'iroq qilib ovora bo'lmanglar. Bunday jangga tupuraman", - deydi Lyuis.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar