30 iyu 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Devin Xeyni "tatilga chiqdi", WBC Puello-Martin jangini elon qildi
WBC amerikalik bokschi Devin Xeynining "tatilda chempion" maqomiga ko'chirish haqidagi iltimosini qondirdi
Endilikda Alberto Puello vaqtinchalik chempion bo'ladi. U majburiy davogar Sandor Martin bilan chempionlik jangini o'tkazadi.
WBC allaqachon Puello va Martin vakillarini kelasi to'rt oy ichida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan chempionlik himoyasi bo'yicha muzokaralarni boshlashga taklif qilgan.
Dominikanlik bokschi Puello bir necha hafta oldin Gari Antuan Rassell ustidan ochkolar hisobi bilan g'alaba qozondi va WBC vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Malum bo'lishicha, Xeyni o'z peticiyasida "jismoniy, psixologik va hissiy jihatdan" unvonini darhol himoya qila olmasligini aytgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar