16 okt 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Devin Xeyni vs Jorj Kambosos. Mutlaq chempionlik uchun revansh jangi to'liq 12 raund davom etdi
Kecha tunda Avstraliyaning Melburn shahridagi "Rod Laver Arena"da uzoq kutilgan professional boks kechasi o'tkazildi.
Oqshom doirasidagi qiziqarli jang revansh maqomida bo'lib, unda engil vazn (61,2 kg) toifasida mutlaq jahon chempioni, amerikalik Devin Xeyni hamda avstraliyalik sobiq jahon chempioni Jorj Kambosos o'rtasida kechdi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlarning yakdil qarori (119:109, 118:108, 118:108) bilan Xeyni g'alaba qozondi. Devin revansh jangida ham Kambososdan ustun keldi. Iyun oyida o'tgan ilk jangda ham Xeyni ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan hamda mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar