22 jan 07:51
Yangiliklar
Deyvison Figeredo: Morenoni nokautga uchratgan ilk jangchi bo'lmoqchiman
O'ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Devison Figeredo shu dam olish kunlari Anaxaymdagi UFC 270 musobaqasida Brendon Morenoga qarshi jang natijasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men jang qilishga tayyorman. Hammaga Morenodan ancha ustun ekanligimni ko'rsatmoqchiman va oxirgi uchrashuvimizda diqqatimni jamlay olmadim. Kamarimni qaytarib olsam buni isbotlayman. Men ham eng xavfli jangchi ekanligimni isbotlamoqchiman va Morenoni nokautga uchratgan birinchi jangchi bo'lmoqchiman. O'shanda Benavidezni birinchi bo'lib o'zim bo'ysundiraman, degan edim va buni amalga oshirdim. Endi Morenoni nokautga uchratishimni aytmoqdaman. Bu jangda men kamarimni qaytarib olaman», - dedi Figeredo.
Fikrlar