30 may 08:44
Yangiliklar
Deyvison Figeredo UFC'ni tark etish niyatida
Gap shundaki, Figeredo o'z chempionlik kamarini qaytib olganidan uch oy vaqt o'tib, aynan Deyvisonga mag'lub bo'lgan Brendon Moreno va Kay Kara-Frans o'rtasida vaqtinchalik chempion unvoni uchun jang bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. Bunga sabab Figeredoning uzoq muddatga safdan chiqqani. Figeredoga esa bu yoqmayapti.
"Hafaman, UFC'dan buni kutmagandim. Bir necha oy avval so'nggi jangimni o'tkazgandim, hozirdan vaqtinchalik chempion unvonini joriy qilishyaptimi? Taajubdaman. To'g'ri, jarohat sabab jangni qabul qilmadim, biroq so'nggi bor jang qilganimga ham ko'p vaqt bo'lmadi. Har doim ajoyib shou ko'rsatganman, vaqtinchalik chempion unvoni sabab o'zimni qadrsizdek his qilyapman.
Qattiq hafaman. Tan olaman, bu vaznni tark etish borasida jiddiy o'yga tolganman. Genri Sexudo bilan birgalikda bu vaznni saqlab qoldik, biroq UFC'ning bu say-harakatidan so'ng shunday qaror qabul qilishga yaqinman", - deya takidlagan braziliyalik jangchi Ag Fight nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq, Deyvison Figeredo jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani malum bo'lgan edi.
Fikrlar