18 dek 15:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Dillashou faoliyatini yakunlashini malum qildi
Amerikalik jangchi Ti Jey Dillashou boshqa sportga qaytmoqchi emasligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Dillashou doping sabab ikki yillik diskvalifikaciyani o'tagan edi. Ti Jey Aljameyn Sterling bilan jangda olgan og'ir jarohatidan so'ng nihoyat jangni to'xtatishga qaror qilgandi.
"Keling, mening ishlarim oktagondan tashqarida qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishini ko'ramiz. Qanchalik band bo'laman va hayotim qanday o'zgaradi. To'g'risini aytsam, qiladigan bir ikki ishlarim bor. Endi qaytishga vaqtim yo'q.
Diskvalifikaciyadan qaytganimdan so'ng, tayyorgarlik ko'rish va jang qilish uchun ko'p narsani orqaga qo'yishim kerak edi. Bu biznes butun umrim davomida oilamni boqadi va agar kurashda davom etsam, yaxshi pul ishlab topaman", - dedi Dillashou.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar