12 okt 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt: Agar zarbam aniq borsa, Povetkin qaytib turmaydi
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt Aleksandr Povetkinga qarshi revansh jangiga jiddiy ravishda tayyorgarlik ko'rmoqda.
“Birinchi jangda to'liq ustunlikka ega bo'ldim. Unga aniq zarbalar yo'llamagan bo'lsam ham, raqibni ancha qiynab qo'ydim. Ikkinchi jangda ancha sabrli bo'lishim va uni kutishim kerak. Agar bittagina zarbam mo'ljalga aniq borsa, ishoning, Povetkin o'rnidan turmaydi”, - dedi Dillian.
Eslatib o'tamiz, birinchi jangda Povetkin raqibini nokautga uchratib, vaqtinchalik WBC kamariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar