31 avg 12:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Dillian Uayt Povetkinga: Kel, muxlislarga tomoshaning davomini taqdim etamiz!
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt rossiyalik Aleksandr Povetkinga revansh jangi yuzasidan murojaat qildi.
Bir hafta avval Povetkin Dillianni beshinchi raundda nokautga uchratib, vaqtinchalik WBC kamarini qo'lga kiritgan edi.
"Yana bir bor meni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Aleksandr, ajoyib natija. Bu superog'ir vazn toifasi va unda bitta aniq zarba barchasini o'zgartirib yuboradi. Men revansh jangini kutyapman. Aleksandr, kel muxlislarga tomoshaning ikkinchi qismini hadya qilamiz", — dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar