24 fev 22:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Dilshodbek Ro'zmetov Bolgariyadagi turnir chorak finalida mezbon bokschiga qarshi jang qildi
Bolgariyada boks bo'yicha xalqaro "Stranja" turniri davom etmoqda.
Musobaqada -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro'zmetov bugun ikkinchi jangini o'tkazdi. Ushbu bahsda hamyurtimizga bolgariyalik Kristan Nikolov raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
SHu tariqa bokschimiz musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar