07 noy 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Dilshodbek Ro'zmetov: Finaldagi raqibimni birinchi marta ko'rishim edi
O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan Dilshodbek Ro'zmetov g'alabadan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hissiyotlar bir olam. O'zbekiston chempionatini Osiyo va Evropa darajasida deb aytishim mumkin. Bu musobaqada juda kuchli bokschilar ringga ko'tariladi. Finaldagi raqibim kutilmaganda finalga chiqdi, shu sababli uning jangini o'rganmagan edim. Biroq u ancha kuchli va tezkor jang o'tkazdi. Murabbiyim bilan yaxshi ishladik va bugungi uchrashuvda g'alaba qozondim.
Finaldagi raqibim bilan birinchi marta jang qilishim edi, shu sababli uning qanday uslubda harakat qilishini bilmas edim. Hozirda O'zbekistonda ko'plab kuchli bokschilar bor. Ular bizga jiddiy ravishda qarshilik ko'rsatishmoqda. Endi navbat Olimpiya o'yinlariga", - dedi Dilshodbek Ro'zmetov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar