27 fev 21:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Dilshodbek Ro'zmetov "Stranja"ning finalida ringga ko'tarildi
Sofiya shahrida boks bo'yicha ananaviy "Stranja" turniri o'z nihoyasiga etib bormoqda.
Ayni paytda musobaqaning final janglari o'tkazilmoqda. Bahslarda -81 kga vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshodbek Ro'zmetov finalda rossiyalik Ruslan Koleshnikovga qarshi jang qildi.
Bahs davomida bokschimiz ustunlikka erishdi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining ushbu musobaqadagi oltin medallari soni ikkitaga etdi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Bobousmon Baturov finalda g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar