27 may 11:34
Yangiliklar
Dimitrov 10 ta qo'shxatoga qaramay Geneva Open finaliga chiqdi
ATP reytingida 33-pog'onada borayotgan Grigor Dimitrov ushbu musobaqaning ilk finalchisiga aylandi. Bolgariyalik tennischi 1/2 finalda dunyoning 9-raketkasi, amerikalik Teylor Fritcni 3/6, 7/5, 7/6(2) hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 1:1. Ikki soatu 55 daqiqa davom etgan bahsda Dimitrov 8, Fritc 13 ta eys zarbani amalsha oshirdi. Qo'shxatolar Grigorda 10 ta bo'ldi, Fritc esa to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ymadi. Breyklar soni ikkala tennischida ham 4 tadan bo'ldi.
Etiborlisi, bolgariyalik tennischi 2018 yildan beri ilk bor finalda kortga chiqadi. O'tgan vaqt oralig'ida u 11 ta yarim finallarning barida mag'lubiyatga uchragan. Ayni paytda Grigorda 8 ta ATP sovrini bor, shu jumladan bitta grunt qoplamali turnirda.
Fikrlar