08 jan 09:49
Yangiliklar
Dimitrov 7 yillik tanaffusdan so'ng ilk sovrinini qo'lga kiritdi
Bolgariyalik tajribali tennischi 2017 yildan beri ilk bor ATP turniri bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Reytingda 14-pog'onani egallab kelgan Dimitrov hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning sakkizinchi raketkasi, daniyalik Xolger Runeni mag'lub etishni uddaladi - 7/6(5), 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Grigor hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Ikki soatu 19 daqiqa davom etgan finalda Dimitrov 8, Rune 9 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Runeda bittaga ko'proq bo'ldi - 2/3. Uchrashuvdagi yagona breyk Grigorga tegishli bo'ldi.
Brisbane International presented by Evie turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Dimitrovga 250 reyting ochkosi hamda 95,340 dollar mukofot puli keltirdi. Bu 32 yoshli bolgariyalik uchun faoliyatidagi to'qqizinchi sovrin bo'ldi.
Fikrlar