07 jan 10:37
Yangiliklar
Tennis
Dimitrov Brisbane International bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP turniri o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning 14-raketkasi Grigor Dimitrov turnirning finaliga yo'l oldi. Bolgariyalik tajribali tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 55-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Jordan Tompsonni 6/3, 7/5 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Grigor hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Bir yuz etti daqiqa davom etgan bahsda Dimitrov 10, Tompson 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Grigor bosh sovrin uchun turnirning birinchi raketkasi, daniyalik Xolger Runega qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, bugungi final bolgariyalik uchun faoliyatidagi 18-final bo'ladi. U 2017 yildan beri turnirlarda sovrin yuta olmayapti.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar