26 may 08:49
Yangiliklar
Tennis
Dimitrov Jeneva turniri yarim finalida o'ynaydi
SHveycariyaning Jeneva shahrida o'tkazilayotgan ATP turnirida 1/2 finalchilar malum bo'ldi.
Dunyoning 33-raketkasi bo'lib turgan bolgariyalik Grigor Dimitrov 2 soatu 46 daqiqa davom etgan murakkab bahsda ATP reytingining 85-pog'onasida borayotgan avstraliyalik Kristofer O'Konnelni 6/7(5), 7/5, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Grigor 13, O'Konnel esa 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar har ikki tennischida ham 3 tadan bo'ldi. Endi Dimitrov 1/2 finada amerikalik Teylor Fritcga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar