25 may 13:44
Yangiliklar
Tennis
Dimitrov Jenevada 1/4 finalga chiqdi
SHveycariyaning Jeneva shahrida o'tkazilayotgan ATP turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Dunyoning 33-raketkasi Grigor Dimitrov musobaqaning ikkinchi davrasida reytingning 58-pog'onasida borayotgan ispaniyalik Roberto Karbales Baenani 6/1, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu bolgariyalik tennischining o'zaro uchrashuvlardagi ikkinchi g'alabasi bo'ldi - 2:0. Bir soatu 59 daqiqa davom etgan bahsda Dimitrov 4 ta eys, 3 ta breykka erishib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Uning keyingi raqibi avstraliyalik Kristofer O'Konnell bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar