20 dek 16:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Diyar Nurgojayga UFC'da yana bir marta imkon beriladi, raqib malum!
Yarim og'ir vazn toifasida faoliyat olib boruvchi qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Diyar Nurgojayning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.
27 yashar sportchi 2026 yilning 8 mart kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 326 turniri doirasida oktagonga qaytadi. Unga o'sha kuni Braziliya vakili, DWCS g'olibi Rafael Tobias raqiblik qiladi.
Diyar Nurgojay (10-2) UFC'da hozirgacha 2 ta jang o'tkazib, har ikkalasida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Rafael Tobias (14-1) uchun esa bu mazkur tashkilotdagi ilk jang bo'ladi.
Havola :
Manba : Vestnik MMA
Fikrlar