04 noy 16:26
Yangiliklar
Diyora Keldiyorova finalda, Kadambaeva va Nurillaev bronza uchun tatamiga chiqadi
Quvonarlisi, -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Diyora Keldiyorova 1/2 finalda Olimpiya o'yinlari sovrindori, italiyalik Odette Gyuffridani qo'shimcha daqiqalardagi vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Uning oltin medal uchun kechadigan bellashuvdagi raqibasi mo'g'ulistonlik Sosorbaram Lhagvasuren bo'ladi.
Afsuski, yarim finalda tatamiga chiqqan yana ikki dzyudochimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Sita Kadambaeva (-52 kg) aynan Sosorbaramga yutqazgan bo'lsa, Kemran Nurillaev (-60 kg) ukrainalik Dilshot Xalmatovga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Kechki dasturda Nurillaev mo'g'ulistonlik Tsogt-Ochir Byambajavga, Kadambaeva esa polshalik Aleksandra Kaletaga qarshi tatamiga chiqadi.
Fikrlar