29 sen 12:13
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora Keldiyorova uzoq tanaffusdan keyin tatamiga qaytmoqda!
Parij-2024 Olimpiadasi chempioni va ikki karra Jahon chempionati sovrindori Diyora Keldiyorova yana rasmiy musobaqalarda ishtirok etadi.
O'zbekistonlik dzyudochi 17–18-oktyabr kunlari Qozog'istonning Aktau shahrida o'tkaziladigan Aktau Asian Open 2026 turnirida ishtirok etadi.
Keldiyorova o'zining odatiy 52 kg vazn toifasida tatamiga chiqadi.
Mazkur turnir Diyora Keldiyorova uchun Parij-2024 Olimpiya o'yinlari va farzandli bo'lganidan keyingi ilk rasmiy musobaqa bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar