28 may 20:28
Yangiliklar

Dmitriy Bivol: "Hozir Beterbievni unutib turishim lozim"
Yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol Artur Beterbiev bilan bekor bo'lgan jangi haqida fikr bildirdi.
Endi u 1 iyun kuni liviyalik Malik Zinadga qarshi jang qiladi.
"Sportchi jarohat olishi - bo'lib turadigan odatiy holat. Men shunchaki bu haqida ko'p o'ylamaslikka harakat qildim va boshqa variantlar haqida fikrlay boshladim. Yakunda unga erishdim. Hozir shanba kunigacha Beterbiev haqida unutib turishim kerak.
Jang amalga oshishiga albatta ishonaman. Bahsga tayyor bo'lish uchun barcha ishni qilaman", - dedi Bivol.
Havola :
Manba : Title Sports Network
Fikrlar