08 okt 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol qachon ringga qaytishni rejalashtirayotgani aytildi
Prof boksning yarim og'ir vazn toifasida Jahon chempioni Dmitriy Bivol belidagi jarrohlik amaliyotidan tiklanishni davom ettirmoqda.
Insayder Mayk Koppinjerning xabar berishicha, jangchi Dubaydagi reabilitaciya dasturini allaqachon yarmini tugatgan.
"Uning menejeri Vadim Kornilov menga Dmitriyning belidagi jarrohlik amaliyotidan tuzalayotganini aytdi. Uning keng qamrovli dasturi rejalashtirilgan. U Dubaydagi dasturning yarmini allaqachon yakunladi. Ikkinchi yarmi o'zi yashaydigan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'ladi. Bu olti haftalik dastur bo'lib, u belini tiklaydi va mustahkamlaydi va hech qanday asorat bo'lmasligiga ishonch hosil qiladi", - deydi Koppinjer.
Mayk Bivolning ringga qaytishi 2026 yilning birinchi choragida amalga oshishini takidlab o'tgan.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar