So’nggi yangiliklar

04:39Расман. Жон Жонс фаолиятини якунлади. Том Аспиналл — UFC тўлақонли чемпионига айланди! 0 03:35UFC Baku: Жамал Хилл Халил Раунтрига ютқазди, Физиевда ғалаба ва бошқа натижалар 0 00:07Лазизбек Мулложонов ҳам WBC Гран-Приси чорак финалига йўл олди 0 19:22Двалишвили қандай ҳолатда Умар Нурмагомедовга қарши реванш жанг бўлишини айтди 0 19:00Алекс Перейра оғир вазнга ўтиш ҳақида: "Ҳозирча асосий эътиборимни Анкалаев билан реваншга қаратганман" 0 18:38"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди 0 18:16Аюбхон Бахтиёров WBC Гран-Присидаги иккинчи жангини ўтказди 0 17:51Дзюдочиларимиз сўнгги бор 2018 йилда ЖЧни медалсиз якунлашганди 0 17:24"Агар Махачев ярим ўрта вазн чемпиони бўлса, мен ҳам кўтариламан" - Топурия 0 17:02"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди 0 16:39UFC собиқ чемпиони полицияда ишламоқда (ФОТО) 0 16:16Саблячи қизларимиз ҳам Осиё чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:53Махачев: "Тез орада катта янгиликлар бўлади" 0 15:26Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин 0 15:02Топурия: "Оливейрани биринчи раундда финиш қиламан" 0

22 avg 12:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Dmitriy Bivolning jang sanasi, manzili va raqibi malum

Teglar :  BivolRamires
Yarim og'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol navbatdagi chempionlik himoya jangini o'tkazadi.

Rossiyalik jahon chempioni o'z kamariga rasmiy va majburiy davogar Xilberto Ramiresga qarshi ringga ko'tariladi. CHempionlik jangi 5 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadi. Aslida kecha promouterlar o'rtasida jangni tashkil etish huquqi bo'yicha savdo o'tkazilishi kerak edi. Lekin WBA tashkiloti bokschilarning jamoalari o'zaro kelishib olganini malum qildi.

"Dmitriy Bivol - Xilberto Ramires jangi yuzasidan o'tkazilishi kerak bo'lgan promouterlik savdosi bekor qilindi. Ikkala tomon ham jangni 5 noyabr kuni BAAda o'tkazishga kelishib olishdi", — deyiladi WBA rasmiy bayonotida.

Kelishuv Matchroom Boxing (Bivol) va Golden Boy (Ramires) promouterlik kompaniyalari o'rtasida amalga oshgan. Jang DAZN striming plaformasi orqali translyaciya qilinadi. Ushbu striming servisi har ikkala bokschi bilae hamkorlik qiladi. 

"Biz Abu-Dabiga otlanyapmiz. Ramires 5 noyabr kuni Bivolga qarshi kechadigan jangda yarim og'ir vazn toifasida dunyoning eng kuchli bokschisi ekanini isbotlaydi", — dedi Golden Boy promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar De La Xoyya.

Eslatib o'tamiz, har ikki bokschi ham oxirgi janglarini shu yilning may oyida o'tkazishgandi. Dmitriy Bivol Saul "Kanelo" Alvares ustidan tarixiy g'alabaga erishgan bo'lsa, ikkinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni bo'lgan Ramires esa davogarlar jangida Dominik Byozeldan ustun kelgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing