08 may 12:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy CHudinov o'zbek bokschisiga qarshi jang uchun qancha gonorar olgani malum bo'ldi
Xabaringiz bor, 5 may kuni poytaxtimizda katta professional boks oqshomi tashkil qilingandi.
Kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurov WBC Silver kamari uchun rossiyalik sobiq jahon chempioni Dmitriy CHudinovga qarshi jang qildi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, rossiyalik bokschi ushbu jangda ishtirok etgani uchun 30 ming AQSH dollari miqdorida gonorar olgan.
Eslatib o'tamiz, 5 may kuni bo'lib o'tgan jangda Azizbek Abdug'ofurov 12 raund yakuniga ko'ra ochkolar hisobiga g'alaba qozonib, WBC Silver kamari sohibiga aylangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar