20 iyu 19:46
Yangiliklar
Dmitriy SHokin: "Olimpiadada uyaltirib qo'ymaymiz, oltin uchun harakat qilamiz"
Marosimda qatnashgan taekvondochimiz Dmitriy SHokin Rio-2016 o'yinlari oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"So'nggi yillar davomida taekvondochilarimiz ko'plab xalqaro musobaqalarda medallar qo'lga kiritdik. Mana, Olimpiya o'yinlariga bir qadam qoldi. Yaxshi niyat qilib turibmiz. O'ylaymanki, ushbu turnirda yurtdoshlarimizni uyaltirib qo'ymaymiz. Olimpiadadan oltin medal bilan qaytaman degan umiddaman.
Hozirgi kunda yurtboshimiz tomonidan sportchilarimiz uchun ajoyib sharoitlar yaratib berilgan. Bunga javoban biz ham yutuqlarga erishyapmiz. Olimpiada o'yinlaridagi oltin medal - xar bir sportchining eng katta orzusi hisoblanadi. Bunga erishish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deydi Dmitriy SHokin.
Fikrlar