05 noy 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Doping sabab diskvalifikaciya qilingan Rayan Garsiyaning kuni ko'rgazmali janglarga qoldi
Birinchi yarim o'rta vaznda amerikalik prof bokschi Rayan Garsiya (24-1, 20 KO) muhim yangilik bilan o'rtoqlashdi.
Malum bo'lishicha, Rayan 2025 yilning yanvar oyida Dubayda ringga qaytadi. Biroq u bu safar ko'rgazmali jangda ishtirok etadi.
Garsiyaning raqibi franciyalik engil vaznli Jaber Zayani (18-0, 11 KO) bo'ladi.
Eslatib o'tish joiz, joriy yilning aprel oyida Rayan Garsiya Devin Xeynini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Jangdan keyin Garsiyaning doping-testi ijobiy natija berdi. Jang haqiqiy emas deb topildi va bokschi bir yillik diskvalifikaciya bilan jazolandi.
Havola :
Fikrlar