21 dek 10:42
Yangiliklar
Qiziqarli!
Dopingga tushgan sportchilar 10 yilgacha qamaladi, 1 mln dollar jarima to'laydi
Bugungi kunning sportdagi eng dolzarb muammolaridan biri sifatida doping masalasi bo'lib turibdi.
Amerikalik senatorlar SHeldon Uaytxaus va Orrin Xetch doping qabul qilgan AQSH sportchilari ayovsiz jazolanishi kerak degan fikrni ilgari surishdi. Ular bu borada maxsus qonun loyihasi ishlab chiqarilib, qoida buzarlar jinoiy javobgarlikka tortilishi kerakligini talab qilishyapti.
Senatorlarning aytishicha, bu qonun xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan barcha amerikalik sportchilar, shuningdek AQSH kompaniyalari homiylik qilayotgan boshqa davlat sportchilariga ham birdek taalluqli bo'ladi. Doping aniqlangan sportchi 1 million dollargacha jarima to'laydi yoki 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.
Havola :
Fikrlar